Saytga qaytish

Botlar

SkillNest ikkita rasmiy Telegram bot orqali ishlaydi. Botlar sayt hisobingiz bilan bog'lanib, kirish va yordam vazifalarini bajaradi.

Har doim username'ni tekshiring. Quyidagi ikkisidan boshqasi — firibgar nusxa.

Ta'lim boti — @SkillNest_EdTech_Bot

Hisob va o'qish bilan bog'liq barcha tezkor harakatlar:

FunksiyaTavsif
Ro'yxatdan o'tishHavola orqali (botda tasdiqlash tugmasi) yoki 6 xonali kod orqali
KirishHavola orqali 1 bosishda yoki kod orqali
ProfilIsm, XP, unvon va seriyani ko'rish
QurilmalarFaol sessiyalar ro'yxati
TilBot tilini almashtirish (uz/ru/en)
YordamYordam botiga o'tish tugmasi

Bot menyusi: Profil, Qurilmalar, Til, Yordam.

Yordam boti — @SkillNest_Support_bot

Yordam xizmati to'liq shu yerda:

FunksiyaTavsif
Savol-javob3 tilda tayyor javoblar bazasi
Murojaat ochishYangi ticket yaratish
MurojaatlarimOchilgan ticketlar holatini kuzatish
OperatorJonli yozishma — xabarlar ticketga qo'shiladi

Ticketga yozgan har bir xabaringiz saqlanadi, operator javobi shu yerga keladi. Bitta muammo — bitta ticket oching, takrorlamang.

O'qituvchilik va hamkorlik uchun kimga yoziladi?

Bu botlar emas — jonli odam: @SkillNest_Admin. O'qituvchilik huquqi, imtihon takliflari va hamkorlik bo'yicha faqat shu manzilga yozing. Batafsil: O'qituvchiga bo'limi.

Xavfsizlik qoidalari

  1. Parolingizni hech kimga yozmang — jumladan botlarga ham. Administratorlar va operatorlar parol so'ramaydi.
  2. Kodlar 10–15 daqiqa amal qiladi. Kodni begonalarga bermang — uni olgan odam sizning nomingizdan kira oladi.
  3. Shubhali xabar kelsa: jo'natuvchi username'ni yuqoridagi jadval bilan solishtiring, farqi bo'lsa bloklang va support botga xabar bering.
  4. Botdan kelgan havolalar faqat [skillnest.uz](https://skillnest.uz) yoki t.me domenlariga olib borishi kerak.
SkillNest Docs